09:02 / 29.11.2015
3590

AQShning bir qator shtatlaridagi yer muzlashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

AQShning Texas va Kanzas shtatlarida qishki shtormlar oqibatlari tufayli bir necha kun ichida 14 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Odamlarning halok bo‘lishiga yer muzlashi sabab sifatida aytilmoqda, shuningdek bir ayol Texasning Fort-Uert shahrida avtomobil suv ostida qolgandan keyin bedarak yo‘qolgan.

Shoshilinch xizmatlarning ma'lum qilishicha, Oklaxomada suv ostida qolgan avtomobildan 7 kishi qutqarib olingan.

Ta'kidlanishicha, ob-havo yaxshilanmoqda, mintaqada plyus darajadagi haroratlar kutilmoqda.

Top