18:32 / 29.11.2015
4163

Berlindagi muhojirlar boshpanasida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi

Berlinning Shpandau tumanida muhojirlar uchun ajratilgan boshpanada ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Besh kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Welt am Sonntag gazetasi, poytaxt politsiyasi ma'lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

Mushtlashuv shanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan bo‘lib, politsiya uning sababini aniqlashtirmagan. Qatnashchilar o‘t o‘chirish qurilmasidan foydalangani uchun, xama yoq ko‘pik bilan qoplanadi. Natijada u yerdagilar qo‘rqib, politsiya kelishini kutib ko‘chaga yugurib chiqishadi. Voqea joyiga politsiya, o‘t o‘chirish xodimlari va tarjimonlar yetib kelgan.

Natijada boshpanada yashovchilar yarim tunda o‘z xonalariga qaytishgan. Politsiya voqea yuzasidan bir qancha protokol tuzgan.

Top