Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada Santa-Klaus libosidagi o‘g‘ri vertolyotni olib qochdi
San-Paulu politsiyasi Robinson 44 vertolyotini Santa-Klaus libosida o‘g‘irlagan o‘g‘rini qidirmoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
O‘g‘ri vertolyotni 27 noyabr kuni ommaviy savdo kuni bo‘lmish “Qora juma”da Kampo-Marte aeroportidagi aviataksi yordamida ijraga oladi.
“Santa-Klaus” parvoz vaqtida uchuvchiga shahar chekkasida ularni yana bir kishi kutib turganini, o‘sha yerga uchishlari lozimligini aytadi. Jinoyatchilar uchuvchining qo‘l-oyog‘ini bog‘lashadi va o‘zlari vertoyoltni noma'lum yo‘nalishga olib qochishadi.
Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, uchuchini qutqarishga muvaffaq bo‘lishadi va politsiyaga murojaat etishadi. Hozircha vertolyot o‘g‘risini topishga muvaffaq bo‘lishmagan.