Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chagayev Klichkodan revansh ololmadi
Ertaga, 30 noyabr kuni WBA versiyasi bo‘yicha super og‘ir vazndagi doimiy chempion, o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev hamda bu maqomga rasmiy da'vogar, avstraliyalik Lukas Braun o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish qarori muddati tugaydi. Ushbu masalaning hal qilinishiga Butunjahon boks uyushmasi (WBA) aralashishi mumkin.
Agarda Chagayev bu jangda g‘alaba qozonsa, uning keyingi raqibi kuni kecha Vladimir Klichkodan 4 versiya bo‘yicha chempionlik kamarlarini tortib olgan britaniyalik Tayson Fyuri bo‘lishi mumkin.
Chagayev o‘z faoliyatida 2 martagina mag‘lubiyatga uchragan: 2009 yilda Vladimir Klichkodan, 2011 yilda esa Aleksandr Povetkindan. Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchi Klichko bilan match-revansh o‘tkazish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.