Jamiyat | 23:01 / 29.11.2015
3465
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi xonadonlardan biridan 7 mln so‘mlik qimmatliklar o‘g‘irlab ketildi

Chilonzordagi xonadonlardan biridan 7 mln so‘mlik qimmatliklar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, jinoyatni 18 yoshli Farrux ismli yigit amalga oshirgan. Qo‘lga tushirilib, so‘roq qilinganida u ancha vaqtdan buyon noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi.

Botir ismli shaxsning uyiga o‘g‘rilikka kirgan Farrux u yerdan 3 mln so‘mlik noutbuk, 200 ming so‘mlik sumka va 4.8 mln so‘mlik pul olib chiqqani ma'lum bo‘ldi. Moddiy qimmatliklar egasiga qaytarildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish