Jahon | 21:21 / 29.11.2015
5753
1 daqiqa o‘qiladi

DWN: Turkiyada bir qator zobitlar ayg‘oqchilikda ayblandi

Turkiya rahbariyati 2 nafar general hamda bir sobiq polkovnikni ayg‘oqchilik va davlat sirlarini oshkor qilishda ayblab hibsga oldi. Zobitlar Turkiya razvedka xizmatiga tegishli yuk mashinalarining ushlab qolinishi bilan bog‘liq voqeaga aloqadordir, deb yozadi Deutsche Wirtschafts Nachrichten gazetasi yozmoqda.

General-mayor Ibrohim Oydin, brigada generali Hamza Kelepo‘g‘li va iste'fodagi polkovnik Burhoniddin Kixanjiro‘g‘li qo‘lga olindi.

Ilgariroq Turkiya razvedkasiga tegishli, ichida dori vositalari va qurol-yarog‘ bo‘lgan yuk mashinalari IShID qo‘liga tushgan edi. Ayrimlar shu sabab bilan Turkiyani IShIDni qo‘llashda aybladi. Ammo rasmiy Anqara bu yuklar Suriya turkmanlariga mo‘ljallanganini va ayg‘oqchilar tufayli IShID qo‘liga o‘tganini ta'kidlab kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish