Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram: Oybek va Nigora to‘ydang so‘ng, Zulfiqor Musoqov yangi film ustida ish boshladi, Obid Asomovdan suratlarga ajoyib izohlar va boshqa yangiliklar
O‘zbek shou-biznesida bir hafta davomida nimalar sodir bo‘ldi? San'atkorlar oxirgi 7 kun ichida nimalar bilan shug‘ullanishdi? Ularning shaxsiy hayotida, ijodida qanday yangiliklar bo‘ldi?
Saytimizning yangi ruknida o‘quvchilarimizni shou-biznes vakillarining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida joylashtirib borayotgan eng muhim yangiliklari va suratlari bilan tanishtirib boramiz.



DJ Piligrim mana bir necha haftadirki, Hindistonda sayohat qilib yuribdi. Bu hafta u ko‘plab rasmlar qatorida o‘quvchilarini o‘z dasturxoni, shuningdek, 14 kunlik yoga kursi bilan tanishtirdi.








Xonandalar Oybek va Nigoraning to‘yi katta tantanalar bilan o‘tdi. Endilikda baxtiyor juftlik oilaviy hayotlaridan lavhalar aks etgan suratlarni tarmoqqa joylab charchashmayapti.






Taniqli san'atkor, qiziqchi Obid Asomov esa internetda ham hazilkashligini qo‘ymayapti. Uning Instagram’dagi suratlarining har biriga biror-bir quvnoq jumla yoki fikr ilova qilinadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u internetda ham ko‘plab muxlislar topa oldi.




Bu hafta Shohjahon Jo‘rayev uchun ham maroqli kechgan ko‘rinadi. Xonanda o‘z sahifasida joylashtirgan suratlarida bu aks etdi.


Aktyor Bobur Yo‘ldoshev esa mashhur rejissyor Zulfiqor Musoqov bilan birga ishlayotganini va bundan mamnunligini bildirib o‘tgan. Afsuski, gap qaysi kinoloyiha haqida borayotgani oshkor etilmagan.








