Sport | 01:27 / 29.11.2015
4945
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya chempionati: “Barselona” “Real Sosedad”ni tor-mor etdi va turning qolgan uchrashuvlari natijalari

“Barselona” futbolchilari Ispaniya chempionatining 13-turida “Real Sosedad”ni yirik hisobda mag‘lub etdilar. “Kamp Nou”da 28 noyabrda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:0 hisobi bilan yakunlandi. Neymar dublga erishdi, Luis Suares va Lionel Messi o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi.

“Barsa” 33 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Real Sosedad” esa 12 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Keyingi turda kataloniyaliklar 5 dekabrda “Valensiya” bilan mehmonda, “Real Sosedad” esa 6 dekabrda o‘zida “Eybar”ni qabul qiladi.

Ispaniya Primerasi. 13- tur

Barselona– Real Sosedad – 4:0
Gollar: Neymar, 22 (1:0); Suares, 41 (2:0); Neymar, 53 (3:0); Messi, 90+1 (4:0).

Ispaniya chempioni nomiga asosiy da'vogarlardan biri bo‘lgan “Atletiko” “Espanol”ni o‘z uyida minimal hisobda mag‘lub yetdi.

Uchrashuvdagi yagona to‘pni uchrashuvning 3-daqiqasida o‘z hisobiga Antuan Grizmann yozib qo‘ydi.

“Atletiko” 29 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinni, “Espanol” esa 16 ochko bilan 11-o‘rinni egallamoqda.

Atletiko M – Espanol – 1:0
Gol: Grizmann, 3 (1:0).

27 noyabrda o‘tgan “Levante” va “Betis” o‘rtasidagi uchrashuv mehmonda to‘p surgan sevilyaliklar hisobiga 0:1 hisobi bilan yakunlandi.

Levante – Betis – 0:1
Gol: Kastro, 4 (0:1).
Chetlatish: Xuanfran, 81 (Levante) – Vesterman, 79 (Betis)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish