Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Afrika yoshlarini ish bilan ta'minlashga 15,3 mln dollar yo‘naltiradi
Kanada hukumati Afrikaning 8 ta davlati yoshlarini ish bilan ta'minlash dasturiga 15,3 mln dollar ajratmoqchi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning aytishicha, dastur orqali Gana, Keniya, Malavi, Marokko, Ruanda, Senegal, Tanzaniya va Zambiyaning 200 ming yosh mutaxassislariga yordam beriladi.
“Kanada hukumati mamlakat va barcha dunyo yoshlariga o‘z salohiyatiga erishishga yordam berishga intilmoqda. Biz yangi ish o‘rinlari va yoshlar uchun yaxshiroq imkoniyatlarni yaratishga investitsiya kiritamiz”, deb aytdi Trudo.
Kanada bosh vaziri Maltadagi Britaniya hamdo‘stligi davlatlari sammitiga tashrifidan keyin Parijdagi iqlim sammitiga yo‘l oladi.
Avvalroq Kanada BMTga suriyalik qochqinlarga yordam berish uchun 75 mln dollar yo‘naltirishi ma'lum qilingandi.