08:31 / 29.11.2015
4132

Kemeron: IShIDni yo‘q qilish uchun faqatgina harbiy kuch yetarlik qilmaydi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron BMT davlatlari rahbarlari sammiti doirasida o‘tkazilgan matbuot-anjumanida IShIDni yo‘q qilish uchun faqatgina harbiy kuch yetarlik qilmaydi, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Yaxlit strategiya zarur. Biz bu muammoni faqatgina qo‘shimcha harbiy kuch hisobiga hal qilish mumkinligiga ishonmaymiz. Biz to‘liq hajmda siyosiy, diplomatik strategiyamizni qo‘llashimiz va albatta, Suriyadagi urush yakunlangandan keyin mamlakatni tiklash bo‘yicha hayotiy muhim ishni ta'minlashimiz zarur”, deb aytdi Kemeron.

Top