Jahon | 20:31 / 29.11.2015
30794
3 daqiqa o‘qiladi

Sanktsiyalardan Turkiya va Rossiya nima yo‘qotadi?

Rossiyaning Turkiyaga nisbatan kiritgan sanksiyalari sabab rossiyaliklar hech qanday zarar ko‘rmaydi. Bundan faqatgina turizm mustasno — chunki bundan har ikki tomon ham zarar ko‘radi.

Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilgach, Turkiya kompaniyalarining Rossiya hududidagi faoliyatini cheklash, Rossiya iqtisodiyoti uchun zarar keltirmaydi, aksincha foydali jihatlari ham bor. Iqtisodchi va publitsist Mixail Delyaginning fikricha, har ikki tomon uchun yagona muammo turizm sohasida tug‘ilishi mumkin.

Mutaxassisning fikricha, ruslar uchun Turkiyaga borib dam olishning qo‘ldan ketgani muammo emas, uning o‘rnini bosuvchi Qrim, Abxaziya, Bolgariya, Gretsiya bor. Ammo Misrning bu ro‘yxatdan o‘chirilishi jiddiy yo‘qotish bo‘lgan.

Delyaginning fikricha, boshqa yo‘nalishlarda turklar zarar ko‘radi, ruslar emas. “Biz nima yo‘qotamiz? Turk pomidorlarinimi? To‘g‘ri ular mazali, ammo bu mahsulotni Ozarboyjondan ham sotib olsa bo‘ladi”, – deb tahlil qiladi mutaxassis.

Tovarlardan tashqari, turklar xizmat ko‘rsatish borasida ham yutqizishdi. Chunki ular Rossiyaga ishlash uchun kelishar edi. Ayniqsa, qurilish sohasida. “Ayni damda bizning qurilish bozorimiz moliyaviy inqiroz tufayli to‘xtab qolgan. O‘zimizning quruvchilarga ham ish yo‘q. Shu bois turklarning bu bozordan ketishi qo‘rqinchli hodisa emas”, – deb ta'kidladi mutaxassis.

Delyaginning aytishicha, Turkiya bilan savdo saldosi borasida ham tashvishlanmasa bo‘ladi. Chunki bu savdo gaz yetkazib berishga asoslangan bo‘lib, uni hech qaysi bir mamlakat rad etmaydi.

Bundan tashqari, Rossiya Turkiyaga metall va turli materiallar yetkazib berar edi. Turklar undan chet elga eksport qilinadigan turli mahsulotlar tayyorlab sotishar edi.
“Turklar Rossiyada qurilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini yo‘qotdi; o‘zlariga nisbatan Rossiyada qulay bo‘lgan biznes yurituvlaridan ham ayrilishadi. Bizdagi muammolar esa Sberbank, Yandeks va Sputnikda bo‘ladi”, – deb xulosa qildi Delyagin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish