22:20 / 29.11.2015
7419

Sirg‘alida 4 nafar ayol o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushdi

Dilnoz, Aziza, Oypopuk va Guli ismli dugonalar moddiy qiyinchiliklardan charchab, o‘g‘rilikka qo‘l urishdi, ammo birinchi harakatdayoq qo‘lga olinishdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, yoshlar guruh tuzib, Zilola ismli o‘ziga to‘q ayolning uyiga o‘g‘rilikka kirishga qaror berishgan. Zilolaning qachon ketib, qachon kelishini kuzatib bilib, bir kuni xonadon bo‘shligida kelishgan. Kalit tanlash yo‘li bilan eshikni ochib, u yerga kirishgan.

Talonchilar xonadondan 300 ming so‘mlik palto, 250 ming so‘mlik kurtka, 500 ming so‘mlik ko‘ylaklar, 400 ming so‘mlik gazlamalar, 400 ming so‘mlik oyoq kiyimlari, 400 ming so‘mlik dasturxonlar, 300 ming so‘mlik par ko‘rpalarni olib chiqib ketishgan.

Bu shubhali harakatni ko‘rgan qo‘shnilar 102ga xabar berishgan. Voqea joyiga yetib kelgan militsiyachilar o‘g‘rilarni qo‘lga olishdi.

Top