22:29 / 29.11.2015
5954

Toshkentda firibgar ayol mashina rasmiylashtirish bahonasi bilan o‘ljasining 62 mln so‘m pulini o‘zlashtirdi

Toshkentda firibgar ayol mashina rasmiylashtirish bahonasi bilan o‘ljasining 62 mln so‘m pulini o‘zlashtirdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Yunusobod tumanida yashovchi Olmaxon ismli ayol yo‘lovchi sifatida Nexia 2 rusumli avtomobilga o‘tirgan. Mashina haydovchisi Oxunjondan ulovning xizmatda ekanligini aniqlab, uni yangi tanishining nomiga o‘tkazib bera olishiga ishontirgan.
Oxunjon mashinani o‘z nomiga olish uchun Olmaxonga 62.5 mln so‘m bergan. Ammo bu pullarni olgan ayol shu bilan boshqa aloqaga chiqmagan. Aldanganini tushungan erkak tegishli idoralarga murojaat qilgan.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida firibgar ayol topilib, javobgarlikka tortilgan.

Top