Jahon | 01:01 / 29.11.2015
12253
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati Istanbulda rossiyalikning jasadi bo‘lgan tobutni ushlab qoldi

Turkiya hukumati Istanbulda rossiyalik Mixail Kuzminning jasadi bo‘lgan tobutni ushlab qoldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Marhumning qizi Olga Andriyanovaning aytishicha, uning otasi Afinada uning uyida mehmonda bo‘lganda infarktdan vafot etgan. Tobutni otasining yurti Ufaga Istanbul orqali olib borishga qaror qilingan. Istanbuldan tobut Ufaga Turkish Airlines aviakompaniyasi reysi bilan yetkazilishi kerak bo‘lgan.

“Ular otamning jasadi solingan tobutni ushlab qolishdi. U bugun ertalabki soat 7 da yetib kelishi kerak edi. Men nima uchun ular bunday qilayotganlarini bilolmayapman. Ular hech narsani tushuntirishmayapti. Men Ufagacha tobutning yetkazilishi bo‘yicha barcha xarajatlarni to‘laganman”, deb aytmoqda ayol.

Rossiyaning Gretsiyadagi elchixonasida agentlikka ushbu holat bo‘yicha Rossiya konsuli shug‘ullanayotgani aytildi. U turk tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish