15:40 / 30.11.2015
3181

2020 yilda O‘zbekiston aholisining 90 foizdan ziyodi mobil aloqa bilan qamrab olinadi

2020 yilga borib O‘zbekiston aholisining 90 foizdan ziyodi mobil aloqa bilan qamrab olinadi. Bu haqda 30 noyabr kuni O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarida keng polosali texnologiyalarning joriy qilinishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Zoxid Ziyayevning ma'lum qilishicha, 2016-2017 yillarda “O‘zMobayl” milliy mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirish loyihasi doirasida 3680 bazaviy stansiya barpo etiladi. Mazkur loyihaning qiymati 150 million dollarni tashkil etiladi. Shu bilan birgalikda, «Coscom», «Unitel» va «RWC» mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirish loyihasi doirasida 252,83 million dollar miqdoridagi 4260 bazaviy stansiya qurib, ishga tushiriladi.

Natijada aholining 90% mobil aloqa bilan qamrab olinadi, mobil aloqa abonentlari soni esa 27 million nafardan oshadi.

Top