18:02 / 30.11.2015
8935

Afrosiyob poyezdi vagonlarida chiroq o‘chib qoldi

29 noyabr kuni Samarqanddan Toshkentga yo‘l olgan Afrosiyob poyezdi vagonlari chiroq bo‘lmadi. Yo‘lovchilar Toshkentga qadar qorong‘uda kelishga majbur bo‘lgan. Bu haqda yo‘lovchilardan biri Kun.uz`ga ma'lum qildi.

“Poyezd kechki 17:00da Samarqandda yo‘lga chiqdi. Kech tushib qolgan bo‘lsa ham negadir vagonlarda chiroq bo‘lmadi. Yo‘lovchilarning aksariyati xorijlik sayyohlar edi. Yonimda o‘tirgan yevropalik sayyohlardan biri ingliz tilida mendan “sizlarda bu odatiy holmi”, deb so‘radi. Unga bu birinchi marta bo‘lganini tushuntirdim”, - dedi yo‘lovchi.

Uning aytishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi vakillari mazkur holat bo‘yicha hech qanday izoh bermagan, noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr ham so‘ramagan.

Shuningdek, poyezd Toshkentga belgilangan vaqtdan yarim soat kechikib, 19:10da emas, balki 19:40 kirib kelgan.

Top