Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya chempionati, 14-tur natijalari: “Tottenxem” “Chelsi” bilan durang o‘ynadi, “Liverpul” “Suonsi”ni mag‘lub etdi
Angliya chempionatining 14-turida “Tottenxem” futbolchilari “Chelsi” bilan durang natija qayd etdi — 0:0.
“Liverpul” esa o‘z maydonida “Suonsi” jamoasi ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona golni maydon egalari futbolchisi Jyeyms Milner kiritdi.
Angliya chempionatining 14-turining qolgan uchrashuvlarda esa quyidagi natijalar qayd etildi:
“Norvich siti” (Norij) — “Arsenal” (London) 1:1
Gollar: Mesut O‘zel (30), 0:1, Lyuis Grabban (43) 1:1.
“Vest Xem” (London) — “Vest Bromvich” (Vest Bromvich) 1:1
Gollar: Mauro Sarate (17), 1:0, Uinston Rid (50) 1:1.