20:19 / 30.11.2015
5859

AQSh Su-24 voqeasiga aloqasi yo‘qligini aytmoqda

AQShning NATOdagi doimiy vakili Duglas Lyut Vashington va alyansning Turkiya hukumatining Su-24 harbiy samolyotiga hujum qilish qaroriga aloqadorliklari yo‘qligini aytdi.

“Bu Turkiyaning mustaqil qarori bo‘lgan. AQSh ham, NATO ham bunga hech qanday aloqasi bo‘lmagan”, deb aytdi Lyut.

Avvalroq AQSh Davlat kotibi Jn Kerri rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrovni samolyot bilan yuzaga kelgan voqeadan keyin Turkiya bilan munosabatlarda osoyishtalikka chaqirdi.

Top