13:54 / 30.11.2015
7009

Bloomberg: turk lirasining “asal oyi” yakuniga yetmoqda

Moliyaviy tahlilchilar Rossiya sanksiyalari oqibatida turk lirasi kursining tushishini bashorat qilmoqda. 2016 yilning birinchi choragida uning kursi rekord darajada tushib, 1 dollar 3.1 lirani tashkil qiladi.

“Turk lirasining “asal oyi” yakuniga yetmoqda”, - dedi Societe Generale tahlilchisi Roksanu Xulea. Uning fikricha, Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishi ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi, negaki Rossiya Turkiyaning eng muhim savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Ilgariroq, sentabr oyida turk lirasi 3.07 lira/1 dollar darajasiga tushib ketgan edi, ammo 20 noyabrda u yana 8 foizga o‘sdi.

Top