Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chagayevning Braunga qarshi jangi Grozniy shahrida bo‘lib o‘tadi
Super og‘ir vaznda jahon chempioni, o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev (34-2-1, 21 KO) va bu unvon uchun da'vogar, avstraliyalik Lukas Braun (23-0, 23 KO) 2016 yilning fevral oyi so‘nggida yoki mart oyi boshida Grozniy shahrida jang o‘tkazishadi.
"Biz Braun bilan jang to‘g‘risida kelishib oldik. Hozir muzokaralarning so‘nggi bosqichi davom etmoqda. Hozircha jang Grozniy shahrida o‘tkazilishi aniq. Aniq sanani biroz keyinroq ma'lum qilamiz", degan bokschining promouteri Timur Dugazayev.
Shuningdek, Timur Dugazayev jamoa super og‘ir vazn toifasining WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari yangi sohibi britaniyalik Tayson Fyuri bilan jang o‘tkazishga qiziqayotgani haqida aytib o‘tgan.
Fyuri kecha, 29 noyabr kuni Germaniyaning Dyusseldorf shahrida ukrainalik Vladimir Klichkoni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etib, IBF, IBO, WBO va WBA (Super) versiyalari bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Chagayev esa ushbu vazn toifasining WBA versiyasi muntazam chempioni hisoblanadi. Britaniyalik bokschining kamarilariga (IBF) da'vogarlar orasida ukrainalik Vyacheslav Glazkov ham bor.
"Albatta, Fyuri bilan jang bizni qiziqtirmoqda, – deya Chagayevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "R-Sport". – Bunday jangni o‘tkazish Klichkonikiga qaraganda osonroq bo‘ladi. Faqatgina biz revansh jangining barcha shartlarini bilmaymiz. Shuning uchun muzokaralar boshlashga juda erta. Bundan tashqari hozirda Lukas Braun bilan orani ochiq qilib olish kerak.
Eslatib o‘tamiz, Chagayev 17 oktabr sanasida Fres Okendoga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Okendoning jarohati sababli Chagayevga qarshi ringga chiqmadi va jang bekor qilindi.
Chagayev oxirgi jangini shu yilning 11 iyul sanasida Franchesko Pyanetaga qarshi ringga chiqdi va raqibini birinchi raundda nokautga uchratib g‘alabaga erishgandi.
Bundan oldinroq, Braun WBA o‘ziga Chagayev bilan jang qilish uchun ruxsat berishini intizorlik bilan kutayotganini bildirib o‘tgandi.