12:09 / 30.11.2015
5592

Tsipras: Biznikilar turkiyaliklar havo kengliklarimizni buzganida, ulardan farqli ravishda asablarini jilovlay olishadi

Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras o‘z tvitteri orqali Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘luga qarata Su-24 samolyotining urib tushirilishi bo‘yicha munosabatini bildirib o‘tgan. U o‘z tvitlarida turkiyalik uchuvchilar bu vaziyatda o‘ta asabiy harakat qilgani, gretsiyalik uchuvchilar esa bunday qilishmasligini aytib o‘tgan.

"Baxtingizga greklar bunday asabiylik ko‘rsatishmaydi, siznikilar rossiyaliklarga qarshi qilgan harakatini biznikilar qilishmaydi", deb yozgan bosh vazir.

Bryusselda o‘tgan YeI-Turkiya sammiti vaqtida Tsipras Dovudo‘g‘luga muhojirlar oqimi borasida hamda Turkiya aviatsiyasi samolyotdari Egey dengizi ustida Gretsiya havo kengliklarini buzib o‘tishi holatlari bo‘yicha savol bergan.

"Egey dengizi ustida nimalar bo‘lyapti? Biz o‘z hududimizni qo‘riqlash uchun (sizning samolyotlaringizdan) milliardlab pul sarflashimizga to‘g‘ri keladi", deya yozgan Tsipras yana bir tvitida.

U Turkiya bosh vazirini qurollanish uchun emas, muhojirlar muammosini hal qilishi uchun mablag‘ sarflashni tavsiya qilgan.

Dovudo‘g‘lu uning birinchi tvitiga javob qaytargan.
"Uchuvchilarning harakati bugun ko‘p muhokama qilinmoqda. Aleksis, keling ijobiy mavzularni muhokama qilaylik", degan u.

Ko‘p o‘tmasdan, Tsiprasning inglizcha akkauntidan bu tvitlar o‘chirilgan, lekin grekcha tvitlar saqlab qolingan.

Biroz oldinroq, Fransiya prezidenti Fransua Olland sammitni tark etish arafasida Turkiyaga muhojirlar muammosini hal qilishda sarflashi uchun 3 mlrd yevro ajratilishini ma'lum qilgandi.

Undan oldinroq, Gretsiya bosh vaziri Gretsiya va Turkiya noqonuniy muhojirlarning Turkiya orqali Yevropaga kirib kelishi muammosiga qarshi kurashishi kerakligi haqida aytib o‘tgandi.

Top