21:45 / 30.11.2015
6868

Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashishga umid qilishda davom etmoqda

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Parijdagi Iqlimiy sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazish umidini to‘xtatgani yo‘q. 

"Biz sammitning birinchi kunida uchrashuv tashkil qilish bo‘yicha iltimosnoma jo‘natdik. Biz haliyam javob kutyapmiz", deb ma'lum qilgan Erdo‘g‘an.

Bundan oldinroq, Rossiya prezidenti matbuot xizmati boshlig‘i Peskov Parijda Putin va Erdo‘g‘anning uchrashuvi o‘tkazilmasligini ma'lum qilgandi.

Top