Jahon | 08:30 / 30.11.2015
1886
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi qochqinlarni qabul qilishi uchun Turkiyaga mablag‘ ajratadigan bo‘ldi

Fransiya prezidenti Fransua Olland YeI—Turkiya sammitini tark etar ekan, Yevropa Ittifoqi muhojirlar masalasini hal etish uchun Anqaraga va'da qilingan 3 mlrd yevro ajratilishini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Shuningdek, u Suriyada siyosiy tartib o‘ranatish masalasida, terrorchilar bilan kurashda va muhojirlar inqirozi muammosini hal etishda Turkiya bilan hamkorlik qilish Fransiya uchun o‘ta zarur ekanligini ta'kidlab o‘tgan.
Shu bilan birga Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi haqida gapirilganida, Olland shartlar o‘zgarmaganligini, yangi yilda bu jarayonni tezlashtirish yoki sekinlashtirishga hech bir sabab ko‘rmayotgani haqida gapirib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish