23:25 / 30.11.2015
13062

Gapira olmaydigan uch yoshli bola 380 volt kuchlanishga ega tok urgach, gapirib yubordi

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida yashovchi gapira olmaydigan uch yoshli bola, 380 volt kuchlanishga ega tok urgach, gapirishni boshlagan.

Bu g‘aroyib voqea haqida oqin Janarbek Ashimjan o‘zning Facebook dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Olmaotadagi Sizganova nomli jarrohlik markaziga qarindoshlarini olib kelgach, ushbu voqeani eshitgan.

Bolakayni 380 voltli tok uradi va u omon qoladi. Tok uning kaftidan o‘tib, yelkasidan chiqib ketadi. Bolani darhol yerga ko‘mib qo‘yishadi, shundan so‘ng u gapirib yuboradi. Hozir uning ahvoli yaxshi va u davolanishni o‘tamoqda.

Top