Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram bir vaqtda bir nechta sahifalarni qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratadi
Instagram ijtimoiy tarmog‘i ko‘plab foydalanuvchilarning talablarini e'tiborga olib, bir nechta akkauntga ega odamlarga sahifalari orasida o‘tish imkonini qulaylashtirdi.
Hozirga qadar tarmoqda bir nechta akkauntga ega foydalanuvchilar sahifalarini o‘zgartirish uchun har safar "login" hamda "parol"ni terishlari kerak bo‘lar edi.
Tez orada kompaniya bu kamchilikni bartaraf etadi. Endi foydalanuvchining sahifasida yangi bo‘lim yaratiladi. Bu akkauntlarni tezkor almashtirishga imkon beradi.
Hozirda yangi funksiya sinov muddatida bo‘lib, kompaniya uning qachon taqdim etishilishi haqida ma'lumot bermagan.