Sport | 09:59 / 30.11.2015
1900
1 daqiqa o‘qiladi

Kobi Brayant mavsum so‘ngida sportchilik faoliyatini tark etadi

"Loj-Anjyeles Leykers" jamoasining tajribali himoyachisi Kobi Brayant 2015-2016 yillar mavsumi yakunida basketbolchi sifatidagi faoliyatini tark etadi. Bu haqda uning o‘zi Players Tribune saytiga xabar qilgan.

"Bu mavsum men nimadir qila olishim mumkin bo‘lgan oxirgisi", degan 37 yoshli basketbolchi.

Brayant o‘z faoliyati davomida 5 marta MBL chempioni bo‘lgan, 2008, 2009 va 2010 yillarda mavsumning eng qimmatbaho o‘yinchisi bo‘lgan. U AQSh terma jamoasi bilan 2008 va 2012 yillarda Olimpiada chempioniga aylangan.

1996 yilda o‘z professional faoliyatini boshlagan basketbolchi faqat "Los-Anjyeles Leykers" jamoasi uchun o‘ynagan. Oxirgi mavsumlarda u jarohat tufayli o‘yinlarda muntazam ravishda ishtirok eta olmay kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish