17:15 / 30.11.2015
2653

Krishtianu Ronaldu faoliyatida 100-marta penalti tepdi

29 noyabr kuni Ispaniya chempionatining 13-turida "Eybar" klubi mehmoni bo‘lgan "Real" jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba bilan ortga qaytdi.

O‘yinning 43 daqiqasida Garet Beyl hisobni ochdi. 82-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urdi.

Bu golni Ronaldu faoliyatida 100- marta penaltidan (o‘yindan keyingi penaltilar seriyasini ham qo‘shib hisoblaganda) zarba berish orqali urdi. Shu kungacha Krishtianu 86 marotaba 11 metrli jarima zarbasini gol bilan tugata olgan.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Ronaldu 13ta o‘yinda 9 marotaba gol kiritdi. Shundan 2tasini penalti orqali yo‘lladi.

Top