Jahon | 15:38 / 30.11.2015
3571
2 daqiqa o‘qiladi

Makkeyn AQSh hukumatidan IShIDga qarshi kurash uchun 20 ming askar jo‘natishini so‘radi

Respublikachilar partiyasi vakillari bo‘lgan senatorlar Jon Makkeyn va Lindsi Grem rasmiy Vashingtonni Iroqdagi harbiylari hajmini 10 ming nafarga oshirish va Suriyadagi jangarilarga qarshi quruqlikdagi amaliyotlar uchun ham shuncha askar jo‘natishga chaqirdi.

Bundan tashqari, siyosatchilar AQSh prezidenti Barak Obamaning Suriyadagi IShID jangarilariga qarshi kurashini tanqid ostiga olishgan. Obama shu vaqtgacha quruqlikdagi harbiy amaliyotlarga kirishishni xato deb hisoblamoqda.

Ularning qayd etishicha, Parijdagi teraktlardan keyin samarali kurash yo‘lini boshlashni tezlashtirish zarurati paydo bo‘lgan.

Bundan tashqari, senatorlar xabariga ko‘ra, AQSh Misr, Turkiya va Saudiya Arabistoni harbiylarini logistik vositalar va razvedka orqali qo‘llab-quvvatlashlari mumkin bo‘ladi.

"Bu savol G‘arbdagi barcha davlatlarga taalluqli. Arab davlatlari uzoq vaqtgacha mavjud tahdidni sezmay kelishdi. Menimcha, endi ular barchasini aniq anglab turishibdi", deydi senator.

Makkeyn va Grem Asadning ketishi Arab davlatlarining IShIDga qarshi quruqlikdagi harbiy harakatlarga kirishi uchun muhim omilga aylanishi haqida aytib o‘tishgan.

Biroz oldinroq, Obama AQSh IShIDni yo‘q qilishni o‘zining asosiy maqsadi sifatida belgilab olgani haqida aytgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish