Jahon | 17:50 / 30.11.2015
4456
2 daqiqa o‘qiladi

Metro: Anonymous xakerlari Silikon vodiysidagi kompaniyani IShIDga yordam berishda aybladi

Anonymous xakerlar guruhi Silikon vodiysidagi kompaniyalardan birining IShIDga onlayn-xavfsizligini mustahkamlash va kuchaytirishda yordam berganlikda ayblab chiqdi. Bu haqda Metro nashri xabar tarqatmoqda.

Xakerlarning so‘zlariga ko‘ra, CloudFlare servisi jangarilarga tegishli bo‘lgan 40dan ortiq veb-saytlarning xavfsizligi uchun xizmat qilgan. Hozirda mazkur servis 4 mln.dan ortiq mijozlar uchun kiberhujumlardan saqlanish va yuklab olish tezligini oshirish uchun xizmat qilib kelmoqda.

Anonymous guruhi o‘z e'tirozlarini tvitter ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirganidan keyin kompaniya rahbari Mettyu Prins ayblovlarni rad etib chiqdi va buni «bolalarcha divandagi tahlil» deb atadi. U agar federal organlar bu ish bo‘yicha tekshiruvlar olib borsa ular bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanini ma'lum qilgan.

CloudFlare servisi terrorchilar bilan aloqadorligi birinchi marta shubha ostiga olinmayapti. Ikki yil muqaddam mazkur servis «Al-Qoida» terrorchilik guruhi veb-saytini himoya qilish uchun yordam berganlikda aylangandi. O‘shanda Prins kompaniya klerikallar uchun emas, so‘z erkinligi uchun xizmat qilishini aytib javob bergandi. Shuningdek u saytda hech qanday xavfsizlik talab qiladigan qismlar yo‘qligini va shu boisdan ham saytga bunday servis o‘rnatishdan hech qanday mantiq yo‘qligini qo‘shimcha qilib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish