13:56 / 30.11.2015
5646

Nazarboyev: Rossiya va Turkiya Su-24 voqeasida aybdorlarni birgalikda jazolashi lozim

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining an'naviy millatga murojaat chog‘ida Rossiya va Turkiyani Su-24 samolyotining urib tushirilishi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz voqeani birgalikda taftish qilishga va munosabatlarni tiklashga chaqirdi.

“Qanchalar qiyin bo‘lmasin, o‘ylaymanki, bu komissiyani birgalikda tashkil etish lozim. Shuningdek, uning ishini tezroq tugatish, aybdorlarni aniqlash, jazolash va aybni tan olish, shundan so‘ng esa munosabatlarni tiklash zarur. Men Turkiya va Rossiyadagi do‘stlarimizni shunga chaqiraman”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top