12:38 / 30.11.2015
3414

Nazarboyev: Xalqimiz hech qachon hozirdagidek yaxshi yashamagandi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston xalqiga murojaatini boshladi.

Murojaat davlatning jahon inqirozi sharoitidagi harakatlariga bag‘ishlanadi.
U o‘z nutqida mamlakatdagi iqtisodiy inqirozga izoh berdi.

"Hali hech qachon xalqimiz hozirdagidek yaxshi sharoitlarda yashamagandi", deydi u o‘z nutqi avvalida.

"Biz kam narsaga erishmadik. Hozirda dunyo tezkor ravishda rivojlanmoqda. Yangi davr kirib kelgan. Bugungi kunda tashqi omillar Qozog‘iston iqtisodiga ta'sir ko‘rsatmoqda", deydi u.

"Hech kim global inqirozdan saqlanish kafolatiga ega emas. Ayni vaqtda bunday inqiroz barchaga ta'sir ko‘rsatmoqda", deydi Nazarboyev.

"Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlaridagi pasayishlar butun dunyo iqtisodiga taalluqli. YaIM ko‘rsatkichlarining pasayishidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Neftdan yuqori miqdorda daromad qilish endi yo‘q", deydi Qozog‘iston prezidenti.

"Dunyoda barqarorlik yo‘qoldi. Katta davlatlar bir-biriga sanksiyalar qo‘llashga kirishdi va ular o‘rtasida o‘zaro ishonch yo‘q bo‘ldi. Har kuni qayerdadir terakt sodir bo‘lmoqda. Odamlarning o‘ldirilishi odatiy ishga aylandi. Dunyo jiddiy xavf ostida qolmoqda", deya davom etgan prezident.

Top