Jahon | 20:40 / 30.11.2015
6838
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Putin bilan uchrashuvi vaqtida Asadning hokimiyatdan ketishi muhimligini ta'kidladi

AQSh prezidenti Barak Obama Parijdagi iqlimiy sammit vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi va Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. U uchrashuv vaqtida Suriyadagi inqirozning hal etilishida Bashar Asad hokimiyatni tark etishi muhim o‘rin egallashini qayta ta'kidlagan. Bu haqdagi ma'lumotni Rossiya prezidentining matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov tasdiqlagan.

"Prezidentlar uchrashuvi vaqtida Suriyadagi siyosiy muammolarni hal qilishni tezlashtirish choralari muhokama qilindi", degan Peskov.

Obama shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni ham diplomatik yo‘l bilan hal qilish zarurligini qayd etgan va agar Rossiya Mins kelishuvlariga to‘liq amal qiladigan bo‘lsa, Rossiyadan sanksiyalar yechilishini bildirgan.

Biroz oldinroq, ikki prezidentning Parij sammiti doirasidagi uchrashuvi yarim soatdan ortiqroq davom etgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish