17:34 / 30.11.2015
3597

O‘zbekiston TIV: O‘zbekiston delegatsiyasi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiya ishida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 30 noyabrida Parij shahrida ish boshlagan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasining (IO‘DK) 21-konferensiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqil ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, tadbir Fransiya hukumati va IO‘DK Kotibiyati tomonidan o‘tkazilmoqda. Uning ishida BMTga a'zo mamlakatlarning rasmiy delegatsiyalari, xalqaro birlashmalar, davlat va nohukumat tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston 1993 yildan buyon 1992 yil Rio-de-Janeyroda qabul qilingan IO‘DK ishtirokchisi hisoblanadi va doiraviy konvensiyaning Kioto protokoliga 1999 yilda qo‘shilgan.

Top