O‘zbekiston | 20:24 / 30.11.2015
20618
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi o‘z lavozimidan ozod qilindi

O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Akmal Kamalov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytidagi ma'lumotlar darak beradi.

Kamalov bu lavozimda 2014 yilning oktabr oyidan beri xizmat qilib kelayotgandi. Ungacha Akmal Kamalov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Hozircha uning o‘rniga O‘zbekistonning Rossiyadagi yangi elchisi sifatida kim tayinlangani ma'lum qilinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish