Bugun, 30 noyabr kuni Fransiya poytaxti Parijda maxalliy vaqt bilan soat 11:00da (Toşkent vaqti bilan 15:00) BMTning iqlim özgarişlari masalalariga (COP-21) bağişlangan xalqaro konferensiya öz işini rasman boşladi.

Anjumaning oçiliş marosimi Le-Burjye aeroporti xududida bölib ötdi. Ma'lumki, mazkur aeroport şu kunlarda BMT xududi deb e'lon qilingan. Şu sababli ham sammit vaqtida Burjye xududi BMT tinçlikni saqlovçi kuçlari tomonidan qöriqlanmoqda. 2 ming 800 nafar BMT kuçlaridan taşqari, yana 1 ming 300 nafar politsiya va jandarmlar transport tarmoqlarida navbatçilik qilmoqda.

Umuman Parijda 6 ming 300, poytaxt atrofida 15600, mamlakat böylab esa 120 ming xuquq-tartibot idoralari va armiya bölinmalarining xodimlari tunu-kun navbatçilik qilmoqda.

Bundan taşqari, davlat rahbarlarining şaxsiy qöriqçilarini ham yoddan çiqariş kerak emas. Xavfsizlik hududiga yaqin atrofdagi 15ta munitsipalitet kiritildi. Konferentsiya xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan tarzda bölib ötmoqda.

Parijda 13 noyabr kuni yuz bergan terror hodisalaridan keyin mamlakatning barça hududlarida favqulodda holat joriy etildi. Jahon mamlakatlari rahbarlarining kelişi arafasida esa Parij mustahkam qal'aga aylantirildi.

Xorijiy delegatsiyalarning a'zolari Le-Burjye, Ruassi-Şarl-de-Goll, Orli, şuningdek, Evre va Krey harbiy aerodromlarida kutib olindi. Şaharliklarga şaxsiy transportlaridan foydalanmaslik tavsiya qilindi. Şu bilan birga jamoat transportidan foydalanganlardan yöl kira olinmaydigan böldi. Rasmiylar korxona va muassasalarga murojaat qilib, öz xodimlariga duşanbada bir kun ta'til beriş taklifi berildi.

Bugungi Parij gazetalarining barçasi xalqaro anjuman mavzusini keng yoritmoqda.

“Iqlim özgarişlari bilan boğliq tahdidlar, terror xavfi singari insoniyatiga ofat keltiradi. Çunki har ikki holatda ham xaritaga sayyoramizdagi tinçlik va barqarorlik tikilgan” deyiladi Le Monde gazetasida bosilgan maqolada.

Maqolada ta'kidlanişiça, agar zarur çora-tadbirlar körilmaydigan bölsa u holda asr oxirlariga borib, Yer yuzidagi harorat Tselsiy böyiça 5 gradusga oşadi, jahon okeanlari sathi esa 1 metrga kötariladi. Bu öz navbatida yer yuzida bir qator talofatlarning, jumladan qurğoqçilik, suv toşqinlarining kelib çiqişiga sabab böladi. Bu kabi tabiat injiqliklari esa muhojirlar oqimining köpayişiga olib keladi. Bir qator mutaxassislar kuzatilayotgan jaryonni “global isiş” deb emas, “global iqlim özgarişi” deb ataş lozimligini taklif qilmoqda. Çunki Yer yuzida xaqiqatan xam iqlim özgarmoqda. Yer şarining bir burçagida ğayriodatiy tarzda kunlar isib ketayotgan bölsa, boşqa burçagida kutilmaganda qor yoğib, kunlar sovib bormoqda. Ayrim mamlakatlar 2100 yilga borib yaşaş uçun yaroqsiz bölib qolişi mumkin ekanligi aytilmoqda. Bu borada Yaqin Şarq mamlakatlari misol sifatida keltiriladi.