17:28 / 30.11.2015
4217

Poroshenko Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Parijda o‘tayotgan iqlimiy sammitida doirasida Avstriya, Latviya, Ruminiya prezidentlari, Italiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Slovakiya va Gretsiya bosh vazirlari bilan qisqa uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Prezident ushbu davlatlar yetakchilarini Minsk kelishuvlari bajarilmagani bois Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirishga chaqirdi”, - deyiladi xabarnomada. Ayni paytda, suhbat chog‘ida ukrainaliklarga vizasiz rejim taqdim etish borasida muzokaralar olib borilgan.

Top