Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rim papasi musulmon va nasroniylarni aka-ukalar deb atadi
Rim papasi Frantsisk Afrika davlatlariga tashrifi davomida musulmon va nasroniylarni aka-ukalar, opa-singillar deb atadi, deb xabar berilmoqda OAVlarda.
Bu haqda pontifik Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) poytaxti Bangidagi masjidda musulmonlarga murojaati vaqtida aytib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, Rim papasining masjidga tashrifi uning Afrikaga safarining eng murakkab qismlaridan biri bo‘ldi.
Pontifik MARning qurollangan guruhlarini qurolni tashlash va “adolat, muhabbat, rahm-shafqat va ishonchli yarashuv” bilan qurollanishga chaqirdi.
Katolik cherkovi rahbari dekabrda mamlakatda bo‘lib o‘tadigan saylovlar uning tarixida “yangi bobni” ochishiga umid bildirdi.
MARdagi jangovor harakatlar oqibatida ko‘pchilik musulmonlar Bangini tark etishdi, biroq nasroniy militsiyasi bilan o‘rab olingan shaharda yana 15 mingga yaqin musulmon qolmoqda.