20:10 / 30.11.2015
3228

Rossiya Misrga AES qurish uchun 25 mlrd dollar kredit taqdim qilishi mumkin

Rossiya Misrga mamlakat tarixidagi birinchi AESni qurish uchun 25 mlrd dollar kredit taqdim qilishi mumkin, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, elektr stansiyani Rossiya texnologiyalari bo‘yicha qurish rejalashtirilmoqda, u 1200 MVt li 4 ta energiya blokidan tashkil topadi.

Shuningdek, tomonlar Misrga bu loyiha uchun Rossiya eksport krediti berilishi haqidagi kelishuvni imzoladilar.

Loyiha moliyalashtirilishi 2016 yildan 2029 yilgacha 13 yil davomida amalga oshiriladi. Kelishuvga ko‘ra, Misr qarzini 22 yil davomida uzadi. Qarz bo‘yicha birinchi to‘lov 2029 yilning 15 oktabriga belgilandi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi 3 foizni tashkil qiladi.

Top