00:21 / 30.11.2015
4097

Saudiya Arabistonining Yamandagi aviazarbasi natijasida xusiychilar yetakchisining akasi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistoni koalitsiyasining Yaman shimolidagi bombardimoni vaqtida “Ansorolloh” harakatining yetakchisining akasi bo‘lmish Ibrohim Badruddin al Xusiy halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Al-Arabiya.

Kanalning ma'lumotiga ko‘ra, Abdul Malik al Xusiyning akasi Saudiya Arabistoni chegarasi yaqinidagi Saada shahrida halok bo‘lgan.

Ayni vaqda “Ansorolloh” harakati vakillari ushbu ma'lumotni tasdiqlamagan ham, inkor ham etmagan.

Top