18:47 / 30.11.2015
5675

Stoltenberg: NATO Turkiyani Su-24 bilan bog‘liq vaziyatda to‘la qo‘llab-quvvatlaydi

NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg butun tashkilot Turkiyaning o‘z havo chegaralarini himoya qilishini to‘liq quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Bu haqda u Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti bilan bog‘liq vaziyatga bergan izohida bayonot bergan.

Bundan oldinroq, Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Su-24 bilan bog‘liq holat kelajakda ham takrorlanishi mumkinligi haqida bayonot berib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 bombardimonchi samolyoti Suriyaning Lataqiya viloyati hududiga, Turkiya chegarasiga yaqin bo‘lgan hamda Rossiya aviatsiyasi bazasi joylashgan hududga qulagandi.

Samolyotni urib tushirgan Turkiya tomoni samolyot o‘z havo kengliklarini buzib o‘tganlikda ayblab urib tushirgan.

Moskva tomoni esa bu ayblovni tan olmagan.

Top