Jahon | 18:45 / 30.11.2015
4972
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda bolalarga tojikcha bo‘lmagan ismlar berish taqiqlanadi

Tojikiston parlamenti quyi palatasi “Fuqarolik holatlari dalolatnomalari Davlat ro‘yxati to‘g‘risidagi” qonunga hukumat tomonidan o‘zgartirishlar kiritish taklifini o‘rganib chiqishni boshladi.

O‘zgartirishlar mamlakatda yangi tug‘ilgan bolalarga ularning ota-onasi tomonidan ism berish jarayonini tartibga solishga qaratilgan, deb xabar berdi Tojikiston Oliy majlisi vakillar majlisi matbuot kotibi Muhammadato Sultonov.

Uning aytishicha, o‘zgartirishlarga muvofiq, mamlakat fuqarolariga o‘zlarining yangi tug‘ilgan farzandlariga tojik xalqi milliy madaniy me'yorlariga asosan ism berish taklif qilinmoqda.

Manba Tojikiston parlamenti quyi palatasi bu masalani 30 noyabrda o‘rganib chiqishni boshlaganini vaj qilib, bu masala bo‘yicha boshqa tafsilotlar berishni istamadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish