09:35 / 30.11.2015
6231

Toshkent shahrida piyodani mashinasida urib, qochib ketgan haydovchi talaba 6 soat ichida ushlandi

Toshkent shahrida 33 yoshli piyodani mashinasida urib ketgan va voqea joyini tark etgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori mayor Alisher Abduqodirov "Bekajon" gazetasiga ma'lum qilgan. 

Xabar qilinishicha, piyoda og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga keltirilgan.

"Xodimlarimiz jinoyatchini aniqlash va qo‘lga olish uchun 6 soat vaqt sarflashdi. U hodisa yuz bergan kunning o‘zida, kechqurun 20:00lar atrofida ushlandi. U Toshkent shahridagi OUYularidan birining birinchi kursi talabasi ekani aniqlandi. Qidiruv bo‘limi xodimlari bunday hodisalarni aniqlashda voqeani o‘rganish uchun atrofdagi videokuzatuvlarni o‘rganishadi, haydovchining o‘sha paytda telefonda olib borgan so‘zlashuvlari ko‘rib chiqiladi va guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanadi. Bugungi kunda texnika taraqqiyoti tufayli hech bir YTHni yashirib bo‘lmaydi", - deydi mayor Abduqodirov.

Top