Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri: Turkiya Suriyadan qochqinlarni qabul qilish uchun 8 mlrd dollar sarflab bo‘lgan
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘luning YeI-Turkiya muzokaralari yakunida ma'lum qilishicha, Anqara shu vaqtgacha suriyalik qochqinlarni mamlakat hududiga qabul qilish uchun 8 mlrd dollar miqdoridagi mablag‘ni sarflab bo‘lgan. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatdi.
"Turkiya 2,2 mln suriyalik qochqinning o‘z hududida yashashini ta'minlash maqsadida 8 mlrd dollar sarflab bo‘ldi. YeI bu masalada Turkiyaga yordam berishni va'da qilgan", deydi u.
YeI yetakchilari sammiti vaqtida Turkiya va YeI o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinishi muhokama etildi.
YeI tomoni Turkiyaning muhojirlar inqirozida ko‘rsatadigan yordami uchun mablag‘ berishga qaror qildi.
Biroz oldinroq, Yevropa Ittifoqi qochqinlarni qabul qilishi uchun Turkiyaga 3 mlrd yevro miqdoridagi mablag‘ni ajratishi xabar qilingandi.