Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada ayg‘oqchilikda ayblanib qo‘lga olingan zobitlarga ayblovlar e'lon qilindi
Turkiya prokuraturasi Suriyaga yuborilgan yuk mashinalarining IShID tomonidan ushlab qolinishi bilan bog‘liq ish yuzasidan qo‘lga olingan oliy martabali harbiy xizmatchilarga ayblovlarni e'lon qildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
2014 yilning yanvarida Suriya bilan chegaradosh Adana va Xatay viloyatlarida turkmanlarga gumanitar yordam olib ketilayotgani IIV tomonidan iddao qilingan yuk mashinalari to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazilgan edi. Mashinalar ichidan ko‘p miqdorda qurol-yarog‘ va dori vositalari topilgan edi. Milliy qonunchilik turkmanlarga yordam olib ketayotgan yuk mashinalarini tekshirishni man qilishiga qaramay, nazoratning amalga oshirilgani ko‘p bahslarga sabab bo‘ldi. O‘sha paytda bir qator jurnalistlar yuklar aslida IShIDga mo‘ljallanganini taxmin qilib chiqdi, buning natijasida Anqarani IShID bilan hamkorlikda ayblovchilar soni oshdi.
Mana ish yuzasidan IShIDga ayg‘oqchilik qilishda gumon qilinib general-mayor Ibrohim Oydin, brigada generali Hamza Jyelepo‘g‘li, iste'fodagi polkovnik Burhonittin Jihongiro‘g‘li hibsga olindilar. Ilgariroq, o‘tgan haftaning payshanba kuni politsiya Cumhuriyet gazetasi bosh muharriri Jan Dundor va muxbir Erdem Gulni ham qo‘lga olgan edi. Ular hukumatning harakatlari borasida yolg‘on axborot tarqatgan maqolalarni tayyorlash va chop etishda ayblanmoqda.
Istanbul prokurori Irfon Fidanning matbuotga bergan bayonotiga ko‘ra, qo‘lga olingan zobitlar ayg‘oqchilikda, terrorchilikni yoqlashda hamda davlat to‘ntarishini amalga oshirishda ayblanmoqda. Ularning barchasi shanba kuni sud oldida javob berishdi.