19:57 / 30.11.2015
9448

Turkmaniston prezidenti yaratgan qo‘shiq Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov tomonidan yaratilgan “Olg‘a, olg‘a, faqat olg‘a, sevimli vatanim – Turkmaniston” qo‘shig‘ini butun zal, ya'ni 4 mingdan ko‘proq odam turib ijro etdi. Bu holat jahon rekordi sifatida Ginness rekordlar kitobida qayd etildi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesi ma'lum qildi.

Qo‘shiqning matni va musiqasini Berdimuxamedovning o‘zi yozgan. Qo‘shiq 2015 yilda Xalqaro turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) tomondan 2015 yilda turk dunyosining madaniy markazi deb e'lon qilingan Turkmanistonning Mari shahridagi konsertda ijro etildi. Mari tomonidan bu missiyaning yakunlanishiga bag‘ishlangan konsert aynan shu tadbir uchun ulkan o‘tov ko‘rinishida maxsus qurilgan yangi konsert zalida bo‘lib o‘tdi.

TURKSOYga a'zo davlatlar vakillari ishtirok etgan bu konsert yakunida Berdimuxamedovning qo‘shig‘i ijro etildi. Qo‘shiqchilar bilan birga bu qo‘shiqni sahnada o‘rnatilgan monitordan Turkmaniston prezidentining o‘zi ham yozuvda kuyladi.

Ijrochilar bilan birga butun zal ham o‘rnidan turgancha qo‘shiqni kuyladi. Kontsertda bo‘lgan Ginness rekordlar kitobi vakili Shayd Subashi-Gamijiyning aytishicha, bu holat rekord sifatida qayd etildi. Subashi-Gamijiy Turkmaniston prezidentiga ajoyib asar yaratgani uchun minnatdorchilik bildirdi va olqishlar ostida Turkmaniston tomoniga rekord o‘rnatilgani haqidagi tegishli sertifikatni topshirdi.

Top