Texnologiya | 18:51 / 30.11.2015
4666
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik o‘tin va plastik idishda harakatlanadigan avtomobil ixtiro qildi

Ukrainaning Chernigovskiy viloyatida istiqomat qiluvchi Yevgeniy Kolivan o‘zining eski avtomobili uchun qulay va tejamkor yonilg‘ini o‘ylab topdi, deya xabar bermoqda "Avtoblog".

Yevgeniy benzin o‘rniga mashinasini o‘tin bilan “oziqlantirmoqda”. Buning uchun sobiq fizika va kimyo o‘qituvchisi avtomobil yukxonasiga o‘tin yonadigan metall bochka va bidonni mustahkamladi. Bunda o‘tinlar tutab, ajralib chiqayotgan gaz filtrlanadi va sovutilib, quvurlar bo‘ylab dvigatelga yo‘naltiriladi.

Konstruktorning qayd etishicha, qurigan tut daraxti o‘tini eng maqbul yonilg‘i hisoblanadi. U ba'zida o‘tin o‘rniga plastik idishlardan ham foydalanadi.

Haydovchi o‘z mashinasidan mamnun. Uning so‘zlariga ko‘ra, qariyb bir yil ichida avtomobili 7 ming kilometr masofani bosib o‘tib, 15 ming griven (taxminan 630 dollar)ni iqtisod qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish