Texnologiya | 16:52 / 30.11.2015
1922
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen Germaniyada 2,5 mln dona avtomobilni ortga qaytarib oladi

Volkswagen avtokonserni 2,5 mln dona  avtomobilini ortga qaytarib olishini e'lon qildi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, kompaniya «dizel mojarosi»dan keyin Germaniya nazorat organlari tomonidan berilgan ko‘rsatma asosida mashinalarni qayta jihozlashadi.

Hozirda 1,5 mln donadan ortiqroq yuk va yengil mashina egalari Volkswagen`dan o‘z avtomobillarini qayta topshirish bo‘yicha bildirishnoma olishga ulgurishgan. Xuddi shunday ko‘rsatma Audi (530 mingdan ortiqroq), Skoda (287 ming) va Seat (105 ming) avtomobil markalari uchun ham berilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish