Jahon | 18:30 / 30.11.2015
3061
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Germaniyada ekstremistlar qochqinlar orasidan odam yollamoqda

Germaniya rahbariyati mahalliy ekstremistik kuchlar Suriyadan qochib kelgan muhojirlar orasida o‘zlari tarafdor qidirib yurganligidan xavotirda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, chetdan kirib kelayotgan muhojirlar mahalliy masjidlarga tashrif buyurishadi, ammo diniy muassasalarda ularni yollovchilar “o‘lja” tariqasida kutib olishadi. Oxirgi 1 yil davomida 100tacha shunday holat kuzatilgan. Qochqinlarni o‘z saflariga jalb qilish uchun yollovchilar ular ovqat, boshpana taklif qilgan, shuningdek, turli o‘tirishlar va futbol o‘yinlariga da'vat etgan.

Shu bilan birga, ko‘pgina siyosatchilarning ta'kidlashicha, diniy mojarolar avj olgan Suriyadan qochib kelgan ko‘plab qochqinlar hozircha bunday guruhlardan uzoqroq yurishga harakat qilmoqda, negaki ekstremizmning butun oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan. Maxsus xizmatlar xodimlari ham mahalliy ekstremistik guruhlarning yollovchilar omadsizlikka uchrayotganini e'tirof etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish