Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:05 / 30.11.2015
2580
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoydagi po‘lat zavodida gaz chiqishi natijasida halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi
Xitoyning Tszoupin uyezdidagi (Shandun viloyatida) po‘lat zavodida chiqqan gaz sizishi natijasida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi, 7 kishi jabrlangan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda. Avvalroq 5 kishining halok bo‘lgani haqida xabar berilmoqda.
Voqea yakshanba kuni tunda yuz bergan. Korxonaning jabr ko‘rgan barcha xodimlari kasalxonalarga yotqizilgan.
Hukumat avariya sabablarini o‘rganmoqda. Voqea tafsiloti haqida boshqa xabar berilmagan.