Jahon | 10:53 / 01.12.2015
2324
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilgi Pirelli taqvimini madaniy siljishga ishora deb baholashdi

Italiyaning g‘ildirak ishlab chiqaruvchi Pirelli kompaniyasi tayyorlagan yillik an'anaviy taqvim yangi formatda, yalang‘och tanalar tasvirisiz chiqdi. Bu, The New York Times nashrining yozishicha, madaniy siljishga ishora bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Suratlarni amerikalik fotograf Enni Leybovits tushirgan. Taqvim sahifalaridan Jon Lennonning bevasi Yoko Ono, pank-rok shoira Patti Smit, model Natalya Vodyanova, tennischi Serena Uilyams va boshqa nufuzli ayollarning suratlari o‘rin oldi.

Leybovits Pirelli uchun 15 yil muqaddam suratga olgan edi, ammo u safar modellar tanlovi an'anaviy edi.
1964 yildan buyon taqvim yalang‘och ayollar tasviri bilan chiqarila boshlangan edi. Bu an'anadan voz kechilishini gazeta yangi siyosiy bayonot deb qabul qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish